← Orqaga
searchTV.uz

Suv xojaligi sohasining faol va tashabbuskor ayollari taqdirlandi

Bugun, 15 oktyabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Suv xojaligi vazirligida “Suv xojaligi sohasining ayoli - 2026: Kasbim - faxrim” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi. Tadbirda Suv xojaligi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qomitasi, “Agrar soha ayollari” uyushmasi, “Ozbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” vakillari, tizim tashkilotlari mas’ullari hamda hududlardan kelgan faol va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirni ochib bergan suv xojaligi vaziri Shavkat Hamroyev ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, sohada mehnat qilayotgan ayollarning fidoyiligi, kasbiy mahorati va tarmoq rivojiga qoshayotgan hissasini alohida ta’kidladi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qollab-quvvatlash, kasbiy salohiyatini oshirish va jamiyatdagi ornini mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada suv xojaligi tizimida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, vazirlik va idoralar orasida birinchilardan bolib suv xojaligi sohasining gender konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat xotin-qizlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning tashabbuslarini qollab-quvvatlash, kasbiy mahoratini oshirish va rahbarlik salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Suv xojaligi vazirining sozlariga kora, bugungi kunda tizimda 33 ming nafardan ziyod xodim faoliyat yuritmoqda. Ularning qariyb 2 ming 200 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Bu raqamlar ayollarning sohadagi ishtiroki va zimmalaridagi mas’uliyatli vazifalarning ahamiyatini yaqqol korsatadi. Suv xojaligi sharafli, shu bilan birga, katta mas’uliyat va matonat talab etadigan soha hisoblanadi. Kanallar, nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, dala va laboratoriyalarda mehnat qilayotgan mutaxassislar zimmasida muhim vazifalar bor. Ayniqsa, yilning turli fasllarida aholiga suv yetkazib berish yolida xizmat qilayotgan insonlarning mehnati yuksak e’tirofga loyiq. Tanlov Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida tashkil etilib, g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlandi.
Ulashish