Madaniyat
Buxoroda doira ustalari festivali bolib otdi
Buxoro shahridagi Labi Hovuz majmuasida joylashgan Kokaldosh madrasasida Butunjahon nomoddiy madaniy meros kuniga bagishlangan «Buxoro doira sadolari» festivali otkazildi. Mazkur tadbir milliy musiqa sanatini rivojlantirish, doira ijrochiligi ananalarini keng targib etish va yosh avlodning milliy musiqaga bolgan qiziqishini oshirishga qaratildi. Festivalda taniqli doira ustalari, viloyatda faoliyat yuritayotgan doirachilar hamda doira ansambllari ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy doira sanatining boy ananasi namoyish etildi. Festival viloyat hokimligi, YUNESKOning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish yonalishi, «Umrboqiy meros» Ozbekiston madaniyati va sanati markazi ishtirokida tashkil etildi. Shuningdek, tadbirga viloyat Madaniyat boshqarmasi, Ozbekiston davlat filarmoniyasining viloyat bolinmasi va kasaba uyushmalari hamkirlik qildi. Tadbir yakunida festivalda faol ishtirok etgan doira ustalari va ijodiy jamoalarga viloyat hokimligi hamda hamkor tashkilotlar nomidan tashakkurnomalar va qimmatbaho sovgalar topshirildi.
Ulashish