Madaniyat
Ozbekiston va Xitoy ortaida madaniy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi
Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida muhim uchrashuv bolib otdi. Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya hamda Xitoy tomonidan tashrif buyurgan vakillar ishtirok etdi. Muzokaralar chogida ikki mamlakat ortaida madaniy-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari diqqat markazida boldi.
Uchrashuv ishtirokchilari kino sanoati, kongilochar industriya, media, investitsiya va ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. Xitoy delegatsiyasi tarkibida nufuzli kompaniya va media tuzilmalari rahbarlari, jumladan, Xitoy davlat media guruhi Goli prezidenti Din Syaotsyan, Tszinchen Kabel kompaniyasi prezidenti Li Czyun, Shandong shosse guruhining mintaqaviy direktori Dun Chicyan hamda Osiyo-Yevropa xalqaro investitsiya konsalting kompaniyasi prezidenti Eli Ali qatnashdi.
Muloqot davomida kino sanoatidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida etibor qaratildi. Tomonlar qoshma kinoloyihalarni amalga oshirish, film ishlab chiqarish boyicha boy tajriba almashish hamda kongilochar industriya sohasida yangi hamkorlik yonalishlarini ochish imkoniyatlarini korib chiqdilar.
Shuningdek, media sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, ijodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakatning madaniy salohiyati va milliy qadriyatlarini xalqaro miqyosda targib qilish, axborot almashinuvini yaxshilash boyicha fikr almashildi.
Uchrashuvda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham keng orin berildi. Ishlab chiqarish sohasidagi mavjud imkoniyatlarni chuqur organish hamda ozaro manfaatli loyihalarni hayotga tatbiq etish yollari muhokama qilindi.
Muzokara yakunida tomonlar istiqbolli hamkorlik yonalishlarini izchil rivojlantirish muhimligini qayd etdilar. Yangi loyihalarni amalda qollash imkoniyatlarini organish hamda Ozbekiston va Xitoy ortaidagi kop qirrali aloqalarni yanada mustahkamlash zarurligi ta'kidlandi.
Ulashish