Ilm-fan
IAC-2028: Samarqand jahon kosmik hamjamiyatini kutib olishga tayyorlanmoqda
Turkiyaning Antaliya shahrida bolib otgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi (IAC-2026) doirasida Ozbekistonning 2028 yildagi nufuzli xalqaro anjumanga tayyorgarligi haqida taqdimot otkazildi. Mazkur taqdimot mamlakatimiz uchun kosmos sohasidagi muhim qadamlardan biri sifatida e tirof etildi.
Uzbekkosmos agentligi direktor orinbosari Muhiddin Ibrahimov oz taqdimotida IAC-2028 kongressini Samarqandda yuqori saviyada tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berdi. Jumladan, tashkiliy chora-tadbirlar, xalqaro hamkorlik aloqalari va kongressni jahon kosmik hamjamiyatiga keng tanitish rejalari atroflicha muhokama qilindi.
Taqdimotda bolajak kongressning yangi vizual qiyofasi ham alohida orin egalladi. Xususan, buyuk alloma Mirzo Ulugbekning boy ilmiy merosiga asoslangan ramziy konsepsiya xalqaro ekspertlar va kongress qatnashchilari tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Tadbir davomida Samarqand shahrini xalqaro kosmik muloqot markazlaridan biriga aylantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbuslar taqdim etildi. Bu shaharning tarixiy salohiyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan uygunlashtirish imkonini beradi.
IAC-2028 nafakat yirik xalqaro ilmiy anjuman, balki Ozbekistonning kosmik sohadagi salohiyatini jahon sahifalarida namoyon etish uchun muhim minbar hisoblanadi. Anjuman mamlakatimizga yangi hamkorlik aloqalarini ornatish imkonini beradi.
Shuningdek, ushbu nufuzli tadbir Ozbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlashda xizmat qiladi. Samarqandda otkaziladigan xalqaro kongressga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
Ulashish