← Artqa
searchTV.uz

Qosma pase uglerodli energetika salohiyati konsepsiyasi: Oraylik Aziya ushin jana imkaniyatlar

Joriy jildin 8 oktyabr kuni Turkmanistandagi Avaza milliy sayyohlik zonasida bolib otgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kam uglerodli energetika salohiyati boyicha qoshma konsepsiyani tayyorlash tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tashabbus mintaqa mamlakatlarining mavjud energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda energetika sohasidagi ozaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonning uglevodorod, gidroenergetika, quyosh va shamol energiyasi sohalaridagi ulkan salohiyatini ozaro uygunlashtirish nafaqat mintaqaning energetika xavfsizligini mustahkamlash, balki yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Davlat rahbarining taklifi mintaqa energetikasining asosiy xususiyatlaridan biri bolgan resurslarning notekis taqsimlanishini inobatga oladi. Bu esa, samarali muvofiqlashtirilgan taqdirda, milliy energiya tizimlarining bir-birini toldirishiga asos bolishi mumkin. Masalan, mintaqadagi gidroresurslarning qariyb 80 foizi Qirgiziston va Tojikiston hissasiga togri kelsa, Qozogiston, Turkmaniston va Ozbekistonda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish muhim orin tutadi. Shu bilan birga, mintaqaning energetika manzarasi asta-sekin ozgarib bormoqda: Markaziy Osiyo davlatlari qayta tiklanuvchi energiya, eng avvalo, quyosh va shamol energetikasi quvvatlarini oshirmoqda. Markaziy Osiyoning gariy bozorlar bilan energetik bogliqligini mustahkamlashi mumkin bolgan Ozarbayjon bilan hamkorlik ham mintaqaviy aloqalarni kengaytirish uchun qoshimcha imkoniyatlar yaratadi. Tashabbusning alohida ahamiyati Ozbekiston Prezidentining Markaziy Osiyoning yagona energetika makonini shakllantirishga qaratilgan strategik yondashuvida namoyon boladi. Prezidentimizning taklifi mintaqa mamlakatlarining energetika resurslari nafaqat oz-ozicha, balki ularning ozaro bir-birini toldirish xususiyati nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega ekanini anglashni aks ettiradi. Milliy ustuvor younalishlarni muvofiqlashtirish, davlatlararo infratuzilmani rivojlantirish va birgalikda rejalashtirish ushbu salohiyatni butun mintaqa manfaatlari yolida royobga chiqarish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, Qoshma konsepsiya mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning muhim vositasiga aylanishi mumkin. Uni royobga chiqarish mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish uchun qoshimcha sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb etish uchun yanada barqaror asosni shakllantirish imkonini beradi. Tashabbusning amaliy ahamiyati ozaro bogliq uchta jihat bilan belgilanadi. Birinchidan, u generatsiya quvvatlarini rivojlantirish rejalarini muvofiqlashtirish, elektr energiyasining ozaro yetkazib berilishini kengaytirish va milliy resurslardan yanada oqilona foydalanish orqali mintaqa davlatlarining energetika sohasidagi ozaro bogliqligini mustahkamlash imkonini beradi. Ikkinchidan, quyosh va shamol energetikasi quvvatlarini integratsiya qilish, energiyani saqlash tizimlarini joriy etish hamda davlatlararo infratuzilmani модернизация qilishni oz ichiga olgan kam uglerodli energetikani jadal rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Uchinchidan, qoshma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va Markaziy Osiyoning tashqi bozorlar bilan energetika aloqalarini kengaytirish, shu orqali mintaqaning xalqaro energetika hamkorligidagi mavqeini mustahkamlash uchun qoshimcha imkoniyatlar ochadi. Shunday qilib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi Ozbekistonning mintaqaviy rivojlanish boyicha muvofiqlashtirilgan kun tartibini shakllantirishda faol ishtirok etishga intilishini namoyon etadi. Tashabbusning alohida ahamiyati Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning energetika salohiyatini birlashtirish hamda undan butun mintaqa manfaatlari yolida samarali foydalanish uchun sharoit yaratishdan iborat. Ushbu yondashuvni izchil amalga oshirish ozaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaning umumiy energetika salohiyatini royobga chiqarish va uning barqaror iqtisodiy rivojlanishi uchun qoshimcha shart-shartlar yaratish imkonini beradi.
Ulashish