Jahon yangiliklari
Tabiat va atrof-muhit muammosi dolzarb tus olyapti
Yashil o'sish atrof-muhitni buzmasdan iqtisodiyot gullab-yashnaydigan kelajak va'da qiladi. Aslida bu tasavvur haqiqatga qay darajada yaqin? DW nashri yozishicha, insoniyat sivilizatsiyasi o'ta beqaror holatga kelgan. Yer allaqachon hayot uchun muhim to'qqiz chegaradan ettitasini, jumladan iqlim o'zgarishi, okean kislotaliligi va biosfera yaxlitligi buzilishini kesib o'tdi.
Agar iqtisodiyot va jamiyat ilgariagidek ish yuritishda davom etsa, sayyoramizdagi hayotiy muvozanat izdan chiqaveradi va insoniyat kelajagi xavf ostida qoladi. Hozir insoniyat dunyo isishi va tabiat yemirilishini sekinlashtirish imkoniga ega bo'lishi uchun ushbu ijtimoiy-iqtisodiy modellar o'zgarishi kerakligi e'tirof etilgan. Ayni shu joyda yashil o'sish g'oyasi yordamga keladi.
Bu jarayon chiqindi va resursdan foydalanishni bir vaqtning o'zida kamaytirgan holda iqtisodiy o'sish sur'ati saqlab qolinishini nazarda tutadi. Masalan, zavod, korxona va turar-joy binolari ishlashi uchun ko'mir va gaz o'rniga shamol, quyosh va boshqa ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Shuningdek, gaz pechlarini issiqlik nasosiga almashtirish hamda resurs, xom ashyoni qayta ishlash va ishlatish zarur. Mutaxassislarning fikricha, bu yondashuv ekologik muammolarni hal qilishda muhim qadam bo'lishi mumkin. Biroq uning amaliyotda qanchalik samarali ekani bo'yicha tahlillar davom etmoqda.
- Mohiyatan g'oya odatiy, faqat ekologik toza texnologiyadan foydalangan holda ish yuritishni taqozo etadi, – deydi ijtimoiy ekologiya professori Xelmut Xaberl. 2020 yilda u hamkasblari bilan birga yashil o'sish bo'yicha 800 dan ziyod tadqiqot tahlil qilingan keng ko'lamli hisobot tayyorlagan edi.
Ushbu tadqiqotlar natijalari yashil o'sish konsepsiyasining afzalliklari va cheklovlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bugungi kunda global miqyosda ekologik barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy rivojlanishni muvozanatda saqlash dolzarb vazifa bo'lib qolmoqda.
Ulashish